Joriy yilning 19-sentabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi psixologi X.Azizova tomonidan “Guruh rahbarlarining o‘quvchi hayotidagi pedagogik-psixologik ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda 1- va 2-bosqich guruh rahbarlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan psixologik so‘rovnomalar to‘ldirdilar hamda o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Suhbat davomida guruh rahbarining o‘quvchilar hayotidagi o‘rni, ta’lim-tarbiya jarayonidagi mas’uliyati va o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishiga ta’siri atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, guruh rahbarlari va o‘quvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, psixologik muhitni barqarorlashtirish va turli muammolarni erta aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *