Yurtimizda yoshlarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv dasturlari, til markazlari va elektron resurslar orqali samarali sharoitlar yaratilib, yoshlarning til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga keng yo‘l ochilmoqda.
Xususan, joriy yilning 18-sentyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi S.Raxmanova tomonidan litseyning I bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Grammar Masters” onlayn bellashuvi o‘tkazildi.



Mazkur musobaqa o‘quvchilarga ingliz tilidagi grammatik bilimlarini amaliy tarzda sinovdan o‘tkazish, o‘zaro raqobat orqali bilim saviyasini yanada oshirish hamda erkin fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini berdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi guruhlar jamoasi g‘olib deb topildi:
🥇1-O‘RIN — 107-guruh
🥈2-O‘RIN — 103-guruh
🥉3-O‘RIN — 108-guruh
Bu kabi tadbirlar kelajakda o‘quvchilarning ingliz tilini yanada chuqurroq o‘rganishga motivatsiyasini oshirishi bilan birga, ularning o‘z bilimlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


