O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 31-iyuldagi 288-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida sportning Futbol turi bo‘yicha 1–2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi o‘quvchilarning jismoniy chiniqishini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, jamoada ishlash va o‘zaro hamjihatlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Qizg‘in bahslar davomida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, bir-biridan qiziqarli gollar va texnik harakatlarni ko‘rsatdilar.



🏆Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha:
🥇 1-O‘RIN — 204-guruh
🥈 2-O‘RIN — 203-guruh
🥉 3-O‘RIN — 201-guruh
Mazkur sport bellashuvi nafaqat o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, balki ularning irodasini mustahkamlash, do‘stona muhitda raqobat qilish va yuksak g‘alabalarga intilish ruhini yanada kuchaytirdi.


