Joriy yilning 13-sentabr kuni “Moslashuv va xavfsiz muhit” oyligi doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyida psixolog X.Azizova tomonidan litseyning birinchi bosqich o‘quvchi qizlari uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga yangi muhitga tez va samarali moslashishning amaliy yo‘llari, psixologik barqarorlikni saqlash hamda tengdoshlar bilan sog‘lom muloqot o‘rnatish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Seminar-trening qizlarda mustaqil fikrlash, ijtimoiy faollik va ishonch hissini kuchaytirib, ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli kirishishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi.


