IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilarida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar tashkil etib kelinmoqda.
Bunday tashriflar davomida o‘quvchilar O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq diqqatga sazovor maskanlarga borib, ajdodlarimizning qahramonliklari, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido qilganligi haqida chuqurroq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Bu esa ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.


Shuningdek, ekskursiyalar jarayonida o‘quvchilar o‘z xalqining boy tarixi va madaniyatini o‘rganib, millatning bir bo‘lagi ekanligini, umumiy qadriyatlarga ega ekanliklarini teran his etadilar.
Ushbu tashriflar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni bilimli, ma’naviy yetuk va vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.