Joriy yilning 2-sentyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 2025/2026-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishga litsey direktori, polkovnik F.Q.Ortiqboyev raislik qildi.

Tadbir davomida ota-onalarga o‘quvchilarning litseydagi ta’lim-tarbiya jarayoniga oid asosiy masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Jumladan:

1️⃣ Ta’lim jarayoni — litseyda o‘quvchilarga yaratiladigan sharoitlar, ta’limning mazmun-mohiyati, dars mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

2️⃣ Tartib-intizom va ichki qoidalar — o‘quvchilarning akademik litseyda qat’iy kun tartibiga amal qilishi, intizomiy qoidalarga rioya etishi masalalari muhokama qilindi.

3️⃣ Formali kiyim-bosh — o‘quvchilarning yagona tartibdagi formali kiyim bilan ta’minlanishi masalasi muhokama qilinib, ota-onalar bilan kelishuvga erishildi.

4️⃣ Umumta’lim fanlari va xorijiy tillar — o‘quvchilarning milliy va xalqaro sertifikatlar olish imkoniyatlari, buning uchun zaruriy tayyorgarlik ishlari hamda ota-onalarning hamkorlikdagi vazifalari tushuntirildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *