Guliston shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zalida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining dzyudo bo‘yicha mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Guliston shahar sport maktabi tomonidan yuqori tashkiliy saviyada tashkil etildi.
Musobaqada Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston tumanlari va Guliston shahridagi sport maktablari va klublari vakillari o‘zaro bellashdi.


Ushbu musobaqada IIV Sirdaryo akademik litseyi 101-guruh o‘quvchisi Bozorova Marjona 48 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, FAXRLI 2-O‘RINni egalladi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda kelgusi bosqichda ham omad tilaymiz!