Sirdaryo viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi katta mutaxassisi, mayor A.Mamayusupov tomonidan Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyida “Terrorizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida mayor A.Mamayusupov hozirgi kunda dunyo miqyosida keng tarqalib borayotgan ekstremizm va terrorizm tahdidlari, ularning yoshlar ongiga salbiy ta’siri, shuningdek, bu xavf-xatarlarning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, terrorchilik faoliyatiga jalb qilishda foydalanilayotgan ijtimoiy tarmoqlar va ularning salbiy oqibatlari haqida ham ogohlantiruvchi fikrlar bildirildi.

Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va siyosiy savodxonligini oshirish, ularni g‘arazli g‘oyalardan himoya qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *