Bugun IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari Sirdaryo viloyati davlat muzeyi hamda shahidlar maydoniga sayohat uyushtirdilar. Ushbu tashrif ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida tashkil etilib, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish, tarixiy xotiralarni asrab-avaylash va milliy qadriyatlarni yanada chuqurroq anglash maqsadida amalga oshirildi.

Dastlab, o‘quvchilar Sirdaryo viloyati davlat muzeyiga tashrif buyurib, viloyat tarixiga oid noyob eksponatlar, arxiv hujjatlari va madaniy meros yodgorliklari bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohatning navbatdagi manzili — shahidlar maydoni bo‘ldi. Bu yerda o‘quvchilar mustaqillik, tinchlik va ozodlik yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Ushbu tashrif ularda yurtga sadoqat, vatan oldidagi burch va mas’uliyatni his etishga undadi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitib, ularning tarixiy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *