Joriy yilning 21-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyining adabiyotga qiziquvchi o‘quvchilari Guliston davlat universitetida bo‘lib o‘tgan muhim madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nurali Qobulning 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

“Elini va yurtini sevgan adib” nomli ushbu tadbir doirasida yozuvchining hayoti va ijodiy merosiga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, “Nurali Qobil qadriyati” nomli yangi kitob taqdimoti o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida yozuvchining o‘zi bilan bevosita suhbat tashkil etildi.

Nurali Qobul bilan bo‘lgan muloqot, uning samimiy fikrlari, adabiyot va hayot haqidagi qarashlari o‘quvchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Yozuvchining ijodiy yo‘li, xalqparvarlik ruhidagi asarlari va ibratli hayot yo‘li yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, kitobga muhabbat va ijodga qiziqishni yanada oshirdi.

Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodda ma’naviy barkamollikni shakllantirish, ularda yurtga muhabbat va adabiyotga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *