Shu yilning 21-may kuni “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari Guliston davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarga oliy ta’lim muassasasi hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini yaratish, ularni kelgusidagi kasb tanlovi va oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ular zamonaviy o‘quv auditoriyalari, kutubxona, laboratoriyalar, sport zallari va talabalar turar joylarini ko‘zdan kechirishdi.

O‘quvchilarda universitet hayoti katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi va universitetda ta’lim olishga bo‘lgan intilishlarini bildirishdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *