“Tillar” kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi N.Mamatkulova ona tili fanidan 103-guruhda “O‘tilganlarni takrorlash” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ushbu darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv yili davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini takrorlash, mustahkamlash hamda ularni yakuniy baholashga tayyorlashdan iborat edi.

Dars davomida yetakchi o‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandi. O‘quvchilar jamoaviy va individual shaklda faol ishtirok etishdi. Interaktiv savol-javoblar, test topshiriqlari, grammatik mashqlar orqali dars mazmunan boy va samarali o‘tdi. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muloqot madaniyati, tahliliy yondashuvi namoyon bo‘ldi.

Dars davomida o‘quvchilarning ilmiy matn bilan ishlash ko‘nikmalari ham shakllantirildi va mustahkamlandi. Ular matn tahlili, asosiy g‘oyani aniqlash, grammatik va uslubiy xatolar ustida ishlash orqali nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘lishdi.

Ochiq dars yuqori saviyada tashkil etildi va kuzatuvchi ustozlar tomonidan ijobiy baholandi. Dars nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *