IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Mamanov Shahzod tomonidan 105-guruhda “Passive Voice” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars interaktiv usulda, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar mikro guruhlarga bo‘lingan holda faol ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot davomida grammatik mavzuga doir asosiy tushunchalar atroflicha yoritildi, amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlandi. Ayniqsa, ingliz adabiyotiga oid savol-javoblar o‘quvchilarning qiziqishini oshirdi va ularning til ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

O‘quvchilar berilgan vazifalarni katta ishtiyoq bilan bajardilar, har birining faolligi alohida baholanib, rag‘batlantirildi. Bunday ochiq darslar litseyda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishi bilan birga, zamonaviy dars uslublarini amaliyotda qo‘llash imkonini ham yaratmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *