2025-yil 23-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Nigora Mamayusupova ishtirokida qizlar bilan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga milliy qadriyatlar, huquqiy bilimlar va ijtimoiy faollik haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mayor Mamayusupova qizlarga oila, jamiyat va xizmat sohasida faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Suhbat ochiq muloqot shaklida o‘tib, qizlarning savollariga batafsil javob berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida ichki ishlar organlarida xizmat qilgan va hozirda faoliyat yuritayotgan fidokor ayollarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Jasorat va buyuklik timsoli – ayol” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu adabiyot ayollarning jasorati, sadoqati va fidokorligi haqida yorqin misollar orqali yozilgan bo‘lib, u yosh avlod uchun ibrat manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbir yakunida kitobning bir nechta nusxalari litsey kutubxonasiga rasmiy ravishda topshirildi, bu esa o‘quvchilarning mazkur adabiyotdan doimiy foydalanishlariga imkon yaratadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *