2025-yil 17-may kuni Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga tashrif buyurishdi.

Litsey o‘qituvchilari Nasiba Mamatkulova va Sherzod Isanov boshchiligida o‘quvchilar boshqarma tasarrufidagi Kinologiya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Maxsus xizmat itlari mashq maydonida o‘tkazilgan amaliy ko‘rgazmalar davomida xizmat itlarining tayyorgarlik jarayoni, ularning jinoyatlarning oldini olish va fosh etishdagi muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu tashrif litsey o‘quvchilari uchun ichki ishlar tizimidagi real amaliyot bilan tanishish, kasbiy yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda huquq-tartibot idoralariga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *