Joriy yilning 20-may sanasida Sirdaryo viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari tomonidan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida xizmatda foydalaniladigan harbiy qurol-yarog‘ va texnikalarning ko‘rgazmasi o‘tkazildi.



Ko‘rgazma davomida o‘quvchilarga turli qurol-aslahalar, zamonaviy texnik vositalar va ularning xizmat faoliyatidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Xodimlar tomonidan har bir texnika va qurolning vazifasi, ishlash tamoyili amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarda yurt himoyachilariga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning sohaga qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.


