Bugun jamiyatimizda huquq-tartibot sohasining ishonchli vakillarini tayyorlash dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi esa ushbu yo‘nalishda peshqadam o‘quv muassasalardan biridir. Akademiyaga kirish – bu shunchaki kasb tanlovi emas, balki fidoyilik, sadoqat va kuchli iroda talab etadigan hayot yo‘lini tanlashdir. Shu bois nomzodlar tanlovi jarayonida faqat ularning bilim va jismoniy tayyorgarligigina emas, balki ularning tarbiyasi, ijtimoiy muhitdagi o‘rni ham alohida o‘rganiladi.



Aynan shu jihatni inobatga olgan holda, bugun, 20-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi faollar zalida litsey rahbariyati tomonidan nomzodlarning ota-onalari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ota-onalar o‘z farzandlarining kelajagiga oid savollarga javob olishdi, shuningdek, litsey rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, ta’lim va tarbiya borasidagi yondashuvni yuqori baholadilar.
Bunday uchrashuvlar ota-onalar, o‘quvchilar va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.