IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi rus tili fani o‘qituvchisi K.B.Rahmonova tomonidan 106-guruh o‘quvchilari bilan “Степени сравнения” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur darsda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv o‘qitish usullari keng qo‘llanildi. Dars davomida o‘quvchilarning mavzuni chuqur anglab olishlari uchun o‘yinlar, guruhli ishlash, savol-javoblar va taqdimot elementlari muvaffaqiyatli tatbiq etildi.
“Mavzuni top”, “Eng to‘g‘ri javob”, “Kim chaqqon?” kabi qiziqarli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan faolligi va qiziqishi yanada oshdi. Bu esa ularning mustaqil fikrlash, ijodkorlik hamda nutq faolligini rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘qituvchi mavzuni yoritishda interaktiv taqdimotlar, vizual materiallar va muammoli vaziyatlardan samarali foydalandi. O‘quvchilar dars davomida o‘z fikrlarini erkin bayon qilishdi va berilgan topshiriqlarni faol bajardilar.


