O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tashabbusi bilan yurtimizda har yili an’anaviy tarzda “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu musobaqalar yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk shaxslar sifatida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.



Joriy yilning 15 may kuni “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi turli akademik litsey va ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Mazkur bellashuvda Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi jamoasi — “Burgutlar” faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, endilikda respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
“Burgutlar” jamoasini ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga respublika bosqichida ham ulkan zafarlar tilaymiz!