IIV Sirdaryo akademik litseyining ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun O‘zbekiston tarixi, Huquqshunoslik va Tarbiya fanlaridan suhbat asosida sinov tashkil etildi. Ushbu jarayon o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga kirish imtihonlariga tayyorgarlikni samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.

Sinov davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

✅ Fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari baholandi;
✅ Savollarga aniq, tushunarli va ravon javob berish ko‘nikmalari mustahkamlandi;
✅ Ichki ishlar tizimida xizmat qilish istagida bo‘lgan yoshlar uchun zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur sinov o‘quvchilarni kelajakdagi tanlovga puxta tayyorlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ichki ishlar tizimida xizmat qilish istagini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sinov yakunida har bir o‘quvchiga individual tavsiyalar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *