Joriy yilning 14-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilari bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi sinov imtihonlariga tayyorgarlik holatini aniqlash maqsadida suhbat tashkil etildi.

Mazkur suhbat litsey direktori, polkovnik F.Q.Ortiqboyev tomonidan olib borildi. Unda o‘quvchilarning tanlovga bo‘lgan tayyorgarligi, hujjatlar rasmiylashtirilishi, sinov bosqichlari, tartib-qoidalari hamda shaxsiy intilishlari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga kerakli tavsiyalar berilib, ularni mas’uliyat va ishonch bilan sinovlarga tayyorlanishlari yo‘lida ruhlantiruvchi so‘zlar aytildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *