IIV Sirdaryo akademik litseyining “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning tarix fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida sinov imtihoni tashkil etildi.
Mazkur sinov imtihoni, o‘quvchilarning O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, ularning mavzular bo‘yicha tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan.
Imtihon davomida o‘quvchilarning tarixiy bilimlari, mavzularni tushunish darajasi va imtihon uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar baholandi.


