Joriy yilning 10-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida navbatdagi “5 000 qadam” yurish marafoni hamda ommaviy badantarbiya tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilar va pedagoglar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni jismonan chiniqtirish maqsadida tashkil etildi. Yurish marafonida litsey o‘quvchilari va ustozlari birdek ishtirok etib, faol hayot tarzi va jismoniy faollikning foydasini amalda namoyon qilishdi.



Bunday tadbirlar yoshlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, ularni sportga keng jalb etish va ijobiy ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


