O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida sportning qisqa masofaga yugurish (100 metr) yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Bellashuvda o‘quvchilar faollik bilan ishtirok etishdi va yuqori natijalarni namoyon qilishdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
🏃🏻♂️O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
- 1-o‘rin — 103-guruh o‘quvchisi O‘razaliyev Jahongirbek Farxodjon o‘g‘li
- 2-o‘rin — 102-guruh o‘quvchisi Otabekov Anvarbek Dilshod o‘g‘li
- 3-o‘rin — 104-guruh o‘quvchisi Mamasoliyev Ravshan Rustambek o‘g‘li



🏃🏻♀️Qizlar o‘rtasida:
- 1-o‘rin — Po‘latova Umida Murod qizi
- 2-o‘rin — Narzullayeva Jasmin Bahrom qizi
- 3-o‘rin — Miraxmatova Marjona O‘tkirjon qizi
Ushbu musobaqa yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.


