O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-fevraldagi PQ-65-son qarori 1-ilovasi 32-bandiga muvofiq, respublikaning barcha umumta’lim va Temurbeklar maktablarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida harbiylashtirilgan estafeta, o‘q otish, kamondan otish, to‘siqlardan o‘tish hamda boshqa jamoaviy va yakka kurash sport turlari bo‘yicha harbiy-vatanparvarlik sport musobaqalarini tashkil etish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 6-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1 va 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida kibersportning “Counter-Strike” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha:

  • 1-o‘rin — 207-guruh jamoasi,
  • 2-o‘rin — 202-guruh jamoasi,
  • 3-o‘rin — 104-guruh jamoasi.

Ushbu musobaqa zamonaviy yoshlarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini ijobiy yo‘nalishga yo‘naltirish, ularning mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *