O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida stol tennisi bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonlik, aniqlik va sport mahoratini namoyon etishdi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra:
- 1-o‘rin — 103-guruh o‘quvchisi Baxtiyorov Javohir Shuxrat o‘g‘li,
- 2-o‘rin — 107-guruh o‘quvchisi Sharifjonov Shohjahon Sherali o‘g‘li,
- 3-o‘rin — 102-guruh o‘quvchisi Mamadaliev Qamariddin Xusan o‘g‘li egalladi.

