O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa davomida o‘quvchilar jamoaviylik, iroda va sport mahoratini namoyon etishdi. O‘yinlar yuqori kayfiyatda, sog‘lom raqobat asosida o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

  • 1-o‘rin — 104-guruh o‘quvchilari,
  • 2-o‘rin — 106-guruh o‘quvchilari,
  • 3-o‘rin — 205-guruh o‘quvchilari.

Bu kabi musobaqalar yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *