Joriy yilning 5-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Tillar” kafedrasi tashabbusi bilan yozma nutqni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mazkur dars ona tili va adabiyot fani yetakchi o‘qituvchisi Nasiba Mamatkulova tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot davomida IIV Akademiyasida tahsil olish istagini bildirgan 205- va 206-guruh o‘quvchilariga “Mehmondo‘stlik – ulug‘ fazilat” mavzusida bayon yozish topshirig‘i berildi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan fikr yuritish, matn tuzish, asosiy g‘oyani aniq ifodalash va yozma savodxonlik ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rishdi.

Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini, yozma nutq madaniyatini va imloviy savodxonligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, ular tanlagan kasb yo‘nalishiga nisbatan mas’uliyat va qiziqishni yanada oshirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *