IIV Sirdaryo akademik litseyida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi D.Adilova tomonidan 103-guruh o‘quvchilari uchun geometriya fanidan “Aylana va doira” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.


Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va interaktiv metodlar — xususan, “Charxpalak” va “To‘g‘risini top” usullari keng qo‘llanildi. O‘quvchilar mavzuga oid nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy mashqlarni bajarish orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishdi.
Mazkur ochiq dars o‘quvchilarning geometriyaga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, ularning mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish va echim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

