Joriy yilning 1-may kuni Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Isanov tomonidan 106-guruhga “Shaxsiy (individual) himoya vositalari, vazifasi, tuzilishi va ulardan foydalanish tartibi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullari keng qo‘llanildi. Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan bajarilgan amaliy mashqlar orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish va zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.



O‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan uslubiy yondashuvlar va tushuntiruvlar orqali o‘quvchilar mavzuni yanada chuqurroq o‘rganib, hayotda ushbu bilim va ko‘nikmalardan qanday foydalanishni o‘rgandilar.


