Bugun, 29-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1- va 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirish, jamoaviy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

O‘yin davomida ishtirokchilar tarix, adabiyot, mantiqiy fikrlash, til va boshqa umumiy savol-javoblar orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har bir jamoa o‘ziga xos tayyorgarlik va jamoaviy harakatni namoyish etdi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 201-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin — 205-guruh jamoasi
🥉 3-o‘rin — 107-guruh jamoasi

Bu kabi bilimga asoslangan musobaqalar yoshlar tafakkurini charxlashda muhim o‘rin tutishi shubhasizdir.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *