Joriy yilning 29-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida ingliz tili fanidan navbatdagi ijodiy va bilimga boy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari E.Mirzaqulov va Sh.Mamanovlar tomonidan 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida jahon adabiyotiga bag‘ishlangan ingliz tilidagi viktorina tashkil etildi.
“O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” munosabati bilan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar adabiy qahramonlar, mashhur mualliflar va taniqli asarlar mazmuni haqidagi savollarga javob berishdi. Bellashuv qiziqarli va ilmiy bahs-munozaralarga boy ruhda o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇105-guruh — 22 ball;
🥈104- va 101-guruhlar — 20 ball;
🥉103-guruh — 18 ball.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi barchada katta taassurot qoldirdi. Ular Uilyam Shekspirning mashhur “Otello” tragediyasidan parcha sahnalashtirib, o‘zlarining aktyorlik iste’dodi va ingliz tilida so‘zlashuv qobiliyatlarini namoyon etishdi.



Mazkur tadbir nafaqat o‘quvchilarning bilim va iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qildi, balki ularning adabiyot va chet tillariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Shu kabi tadbirlar yoshlarni keng dunyoqarash, teran fikr va ijodiy izlanish sari yetaklaydi.

