Kitob — inson maʼnaviyatining mevasi, tafakkurining ko‘zgusi, hayotga bo‘lgan qarashi va e’tiqodining mezonidir. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari bejizga kitobni “beminnat ustoz” deb atamaganlar. Zero, mutolaa orqali inson komillikka yetadi, dunyoni chuqurroq anglaydi va jamiyatda o‘z o‘rnini topadi.

“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida, joriy yilning 29-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Adabiyot shaydosiman” mavzusida viktorina tashkil etildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘zbek mumtoz adabiyoti va jahon adabiyotiga oid qiziqarli savol-javoblar orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv tinimsiz fikr almashinuvi, tezkor javoblar va o‘zaro raqobat muhiti bilan yorqin taassurot qoldirdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 106-guruh vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Kitobga mehr, adabiyotga ishtiyoq — bu yoshlikning eng go‘zal fazilatlaridan biri. Litseyda bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib borilishi belgilangan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *