Joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlab IIV Sirdaryo akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida shoirning Vatanga muhabbat, ona zamin, insoniylik va xalqimizning ezgu fazilatlarini madh etuvchi she’rlari o‘qilib, o‘quvchilar ishtirokida interfaol uslublar asosida tahlil qilindi.


Suhbat davomida Muhammad Yusuf ijodining sodda, xalqchil va yurakka yaqinligi alohida ta’kidlanib, har bir satrining yoshlar qalbida chuqur iz qoldirayotgani e’tirof etildi. O‘quvchilar shoirning hayoti, ijodiy faoliyati va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida fikr almashishdi.
Tadbir yakunida esa shoirning el orasida mashhurlikka erishgan “Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston” she’ri asosida kuylangan qo‘shiq ijro etildi.

