Joriy yilning 30-aprel kuni Sirdaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus kasb-hunar va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy sportakiadasi doirasida “Vatanparvarlik – oliy maqsadimiz” shiori ostida sport musobaqalari hamda estafeta o‘yinlari tashkil etildi.
Ushbu musobaqalarda IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari yuqori natijalar bilan ajralib chiqib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.



G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan musobaqa kubogi, faxriy diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida muhim ahamiyat kasb etdi.
