Joriy yilning 25-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Tursunboyev Jamol tomonidan litseyning 203-guruhida “How to Write Reason-Solution Essays” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullari keng qo‘llanilib, mashg‘ulot yuqori darajada tashkil etildi. Dars davomida o‘quvchilar reason-solution essayni murakkab grammatik uslublardan foydalangan holda to‘g‘ri kirish (introduction) yozish va asosiy qism (main body)ni to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha foydali so‘z va so‘z birikmalarini o‘rgandilar. Shuningdek, darsda o‘qituvchi tomonidan “brainstorming”, “needs analysis” hamda “direct method” kabi usullardan foydalanildi.



Ayniqsa, o‘qituvchi tomonidan tushuntirilgan grammatik strukturalar yordamida o‘quvchilarning mavzuni mustahkamlash maqsadida dars davomida essay yozishni mashq qilishlari ingliz tilida yozish (writing) ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta turtki berdi va o‘quvchilarda ushbu ko‘nikmaga nisbatan qiziqishni oshirdi.