Ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-mart kungi 118-sonli farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida IIV Sirdaryo akademik litseyi jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egallagan edi.


Mazkur yutuq munosabati bilan kecha, 30-aprel kuni litseyda jamoa a’zolarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda g‘olib jamoa a’zolariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi intellektual bellashuvlar yoshlarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, jamoaviy fikrlashni shakllantirish va ma’naviy yuksalishga xizmat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

