Joriy yilning 29-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1- va 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Викторина книголюбов” bellashuvi tashkil etildi.
Rus tili va adabiyoti fanlariga bag‘ishlangan mazkur intellektual bellashuv o‘quvchilar orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, adabiy-estetik didni shakllantirish hamda mustahkam nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.



Viktorina davomida ishtirokchilar rus adabiyotining yorqin namoyandalari hayoti va ijodi, taniqli asarlar mazmuni, adabiy terminlar va til normalari bo‘yicha berilgan topshiriqlarga jamoaviy tarzda javob berishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 207-guruh jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu bellashuvni o‘tkazishdan maqsad —o‘quvchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, o‘qish va o‘rganish zavqini ulashishdan iborat bo‘ldi.


