Joriy yilning 24-aprel kuni Sirdaryo viloyatidagi Yoshlar markazida viloyat Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbirda IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari ham ishtirok etib, bilim va zukkolikda munosib raqobatlashishdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan o‘yinda ishtirokchilar turli mavzularda savollarga javob berish orqali jamoaviy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyish etishdi. Litsey o‘quvchilari ham o‘z bilim va salohiyatlarini ko‘rsatib, kuchli jamoalar qatoridan joy oldilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha:
Boyovut tumani IIB xodimlari jamoasi;
Yo‘l patrul xizmati xodimlari jamoasi;
IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari jamoasi.

IIV Sirdaryo akademik litseyi jamoasini chin qalbdan tabriklaymiz! Intellektual salohiyatingiz va jamoaviy ruhingiz sizni yanada yuksak cho‘qqilarga olib chiqishiga ishonamiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *