O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” musobaqasining Sirdaryo viloyati hududiy saralash bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘l oldi:

1-o‘rin — Shirin energetika kolleji;
2-o‘rin — Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi;
3-o‘rin — Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi.

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi jamoasi a’zolarini mazkur intellektual bellashuvda erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz.
Musobaqaning respublika bosqichida ham ularga omad va zafarlar tilaymiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *