IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Malika Mansurova tomonidan ona tili va adabiyot fanidan sinov imtihoni tashkil etildi.
Mazkur imtihon milliy sertifikat olishga tayyorlanayotgan o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va ularning tayyorgarlik jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazildi. Sinov davomida o‘quvchilar tilshunoslik, uslubiyat, matn ustida ishlash, adabiyot nazariyasi hamda zamonaviy adabiy jarayonlarga oid turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berdilar.


Malika Mansurovaning ta’kidlashicha, bunday sinovlar o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini belgilash, balki ularda mas’uliyat hissini kuchaytirish, mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Imtihon natijalari asosida har bir ishtirokchiga individual tahlil berilib, kelgusidagi tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.