IIV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi R.Shaymatov tomonidan 202-guruh o‘quvchilari ishtirokida “O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars avvalida dolzarb yangiliklar haqida suhbat olib borilib, o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, tayyorlangan mavzulari yuzasidan taqdimotlar qilishdi.



O‘quvchilarning mavzuni chuqurroq anglashlari uchun test savollari, tarixiy shaxslar suratlari asosidagi topshiriqlar, jadval va xronologik tushuntirishlar qo‘llanildi. Interaktiv metodlar asosida tashkil etilgan darsda o‘quvchilar faol ishtirok etib, mustaqil fikrlash va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini namoyon qilishdi.
Mashg‘ulot yakunida “Blits savol-javob”, “Pinbord”, “SWOT tahlil” kabi uslublar orqali mavzu mustahkamlandi va uyga topshiriqlar berildi. Dars o‘quvchilarda mintaqaviy hamkorlik masalalariga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularning tahliliy va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.


