IV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Z.Kenjayev tomonidan 206-guruhda “Soliq va bojxona organlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars davomida “Aqliy hujum” usuli orqali o‘quvchilar bilan savol-javoblar tashkil etildi. Ular kichik guruhlarga bo‘linib, o‘zaro muloqot va musobaqa asosida faol ishtirok etdilar. Har bir guruhning ishtiroki baholanib, faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi.



Shuningdek, mavzuga oid videofilm namoyish qilindi, asosiy tushuncha va atamalar o‘rgatildi hamda ularning mazmuni keng tushuntirib berildi. Mashg‘ulot yakunida Kahoot platformasi orqali interaktiv test o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlandi.
Mazkur ochiq dars o‘quvchilarda fanning mazmuni va amaliy ahamiyatini yanada chuqurroq anglash, shuningdek, soliq va bojxona tizimi faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘otishga xizmat qildi.