Joriy yilning 18-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Mirzakulov Elyor tomonidan litseyning 103-guruhida “Developing listening, speaking, reading and writing (Describing people: appearance)” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.


Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullari keng qo‘llanilib, mashg‘ulot yuqori darajada tashkil etildi. Dars davomida o‘quvchilar o‘qib tushunish (reading) va eshitib tushunish (listening), shuningdek, suhbat (conversation) orqali o‘zining gapirish (speaking) ko‘nikmalarini namoyon qilishdi. Darsda o‘qituvchi tomonidan “Klaster”, “Savol-javob” hamda “Bumerang” usullaridan foydalanildi. Mavzuga doir qisqa hujjatli filmning namoyish etilgani o‘quvchilarning insonlarning tashqi ko‘rinishini ingliz tilida tasvirlashga oid bilimlarini oshirishga xizmat qildi.
Ushbu ochiq dars o‘quvchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini yaratdi, shuningdek, chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyalarini kuchaytirishga muhim hissa qo‘shdi.

