Joriy yilning 25-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzurida tashkil etilgan muzeyga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar Sirdaryo viloyati tarixi, urush qatnashchilari jasorati hamda yillar davomida halol xizmat qilgan ichki ishlar organlari xodimlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Muzeydagi boy eksponatlar, tarixiy hujjatlar va fotosuratlar orqali o‘quvchilar ichki ishlar tizimining o‘tmishi, hozirgi holati va kelajakdagi vazifalari haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, vatanparvarlik ruhidagi suhbatlar o‘quvchilarda kasbga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirdi.

Bunday tashriflar yoshlar ongida tarixiy xotira, xizmat burchi va fidoyilik tushunchalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *