Belgilangan dastur va reja asosida otaliqqa olingan Sayxunobod tumani 34-sonli umumta’lim maktabida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda tarix faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbir doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi U.A.Qlichev tomonidan “O‘zbek davlatchiligi tarixida temuriylarning tutgan o‘rni” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.



Dars jarayonida o‘quvchilarga Amir Temur asos solgan buyuk sulola — Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvi borasida erishilgan yutuqlar, xususan, Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davridagi ilmiy-ma’rifiy taraqqiyot haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Jumladan, Samarqandda rasadxona, Buxoro, G‘ijduvon va Samarqandda qurilgan madrasalar, bu davrda matematika, astronomiya, tarix, adabiyot kabi fan sohalarida yaratilgan asarlar tilga olindi.
Mazkur mahorat darsi o‘quvchilarda tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularni bilim olishga, intellektual rivojlanishga undashga xizmat qildi.