Yangiyer shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish va huquqshunoslik faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.
IIV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi Sh.Husanov tomonidan “Bola huquqlarini himoya qilish” mavzusida mahorat darslari o‘tkazildi.



O’quvchilarga Bola huquqlarining milliy huquqiy asoslari, bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro huquqiy asoslari, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun, Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi (2016-yil 5-sentabr), “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi (2017-yil 9-sentabr) Qonunlar va “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini ta’qiqlash to’g’risida”gi, “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risida”gi Konvensiyalarning mazmuni haqida ko’plab ma’lumotlar berildi.
Mahorat darslari o’quvchilarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini rivojlantirish uchun xizmat qilib, ularning bu boradagi kompetensiyalarini mustahkamladi.