O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 31-martdagi 126-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Sirdaryo akademik litseyi tomonidan amaliy ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur topshiriq asosida joriy yilning 18-aprel sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchilari tomonidan Mirzaobod tumanidagi 25-umumta’lim maktabida navbatdagi tashrif tashkil etildi. Tashrif doirasida maktab o‘qituvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida aprobatsion test sinovlari o‘tkazildi.

Ushbu test sinovlari pedagoglarning dars berayotgan fanlari yuzasidan bilim va tayyorgarlik darajasini o‘lchash, ularning kuchli va ustun jihatlari bilan bir qatorda, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarni aniqlash, shuningdek, kelgusida o‘qituvchilar uchun yo‘naltirilgan metodik va amaliy yordam choralarini belgilashga xizmat qiladi.

Test natijalari asosida tahliliy xulosalar tayyorlanadi va ularning asosida maktab-pedagoglar salohiyatini yanada rivojlantirish, kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur jarayon oliy ta’limga yo‘naltirilgan uzviy tizimni shakllantirishda, shuningdek, maktab va litsey o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *