Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 19-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida navbatdagi “5 000 qadam” yurish marafoni hamda ommaviy badantarbiya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar va ustozlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi.



Bu kabi tadbirlar yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.


