Joriy yilning 16-aprel kuni soat 10:00 da IIV Sirdaryo Akademik litseyi faollar zalida, Sirdaryo tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (276-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) hamda 248-moddasi (248-modda. O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bo‘yicha sayyor sudi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur holat bo‘yicha sud ayblanuvchi shaxslarga nisbatan adolatli, ya’ni sanksiyaning eng yengil ko‘rinishi — BHM (bazaviy hisoblash miqdorining) 10 barobari miqdorida jarima va 3 yil ozodlikni cheklash (uy qamog‘i) jazosi tayinlandi. Sud jarayoni ochiq va shaffof tarzda o‘tdi.

O‘quvchilarning savollariga raislik qilgan va qora lovchi sifatida ishtirok etgan Sirdaryo tumani prokurori yordamchisi obyektiv javob berdilar. O‘quvchilarda mazkur sud jarayoni katta taassurot qoldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *